WWDC 2026: Siri AI, iOS 27 va Apple Intelligence yangiliklari

1 daqiqa o'qish246
WWDC 2026: Siri AI, iOS 27 va Apple Intelligence yangiliklari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Apple Park qarorgohida boshlangan WWDC 2026 anjumani Siri AI, iOS 27 va Apple Intelligence tizimlaridagi ulkan oʻzgarishlar bilan e'tiborni tortdi.
  • Ushbu tadbir Tim Cook uchun bosh direktor sifatidagi soʻnggi WWDC boʻlib, u 1-sentabrdan oʻz oʻrnini John Ternusga boʻshatib berishini ma'lum qilgan edi.
  • Taqdimotda Google Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangi Siri ovozli yordamchisi yanada aqlli va vizual intellekt bilan moslashgan holda taqdim etildi.

Apple kompaniyasining Apple Park qarorgohida WWDC 2026 anjumani start oldi. Mazkur tadbir Siri AI, iOS 27 va Apple Intelligence tizimlaridagi ulkan oʻzgarishlar bilan yodda qoladigan boʻldi. Shuningdek, ushbu anjuman Tim Cook uchun bosh direktor sifatidagi soʻnggi WWDC hisoblanadi, chunki u 1-sentabrdan oʻz oʻrnini John Ternusga boʻshatib berishini eʻlon qilgan edi. Apple sunʻiy intellekt poygasida oʻz mavqeini tiklash uchun bor kuchini ishga solmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Taqdimotda asosiy eʻtibor Siri ovozli yordamchisining yangilanishiga qaratildi. Google Gemini texnologiyasi asosida ishlaydigan yangi Siri endilikda yanada aqlli, muloqotga kirishuvchan va vizual intellekt bilan moslashgan boʻladi. Apple vakillarining taʻkidlashicha, Siri nafaqat tizim ichida, balki alohida ilova sifatida ham faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, kompaniya maxfiylik masalasiga alohida urgʻu berib, foydalanuvchi maʻlumotlari faqat soʻrovlarni bajarish uchun ishlatilishini va buni tashqi ekspertlar tekshirishi mumkinligini bildirdi.

iOS 27 dasturchilar uchun beta-versiyasida qiziqarli kashfiyotlar amalga oshirildi. Tizim fayllari orasida "foldState" va "angleDegrees" kabi kodlar topilgani, koʻpdan beri kutilayotgan buklama iPhone (foldable) qurilmasi ustida ish ketayotganidan dalolat beradi. Garchi rasmiy eʻlon berilmagan boʻlsa-da, sentabr oyidagi anjumanda yangi formatdagi qurilma taqdim etilishi ehtimoli yuqori.

Apple Intelligence doirasida Safari uchun tablarni boshqarish, bir tegish bilan parollarni yangilash va ilovalararo kontekstni tushunish funksiyalari qoʻshildi. Messages ilovasi endi sunʻiy intellekt yordamida javob variantlarini taklif qiladi, Phone ilovasi esa qoʻngʻiroq paytida Mail va boshqa dasturlardan kerakli maʻlumotlarni chiqarib bera oladi. Dizayn borasida esa oʻtgan yilgi Liquid Glass uslubi biroz takomillashtirilib, foydalanuvchilarga elementlarni oʻz xohishiga koʻra sozlash imkoniyati berildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?