CATL 3 daqiqa 44 soniyada quvvatlanuvchi yangi akkumulyatorni taqdim etdi

Elektr transport vositalari va maishiy texnika uchun quvvat manbalarini ishlab chiqarish bo'yicha jahon yetakchisi bo'lgan CATL kompaniyasi 10 foizdan 80 foizgacha atigi 3 daqiqayu 44 soniyada quvvat ola oladigan yangi kichik quvvatli iste'molchi akkumulyatorini namoyish etdi.
Elektr transport vositalari va maishiy texnika uchun quvvat manbalarini ishlab chiqarish boʻyicha jahon yetakchisi boʻlgan CATL kompaniyasi 10 foizdan 80 foizgacha atigi 3 daqiqayu 44 soniyada quvvat ola oladigan yangi kichik quvvatli isteʼmolchi akkumulyatorini namoyish etdi. Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, ushbu yutuq zamonaviy texnologiyalar yordamida elektr transport va mobil qurilmalarni quvvatlantirish vaqti endi daqiqalar bilan emas, balki soniyalar bilan oʻlchanadigan davrga kirib borayotganini koʻrsatmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Soʻnggi yillarda yirik avtoekspertlar va batareya ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻta tezkor quvvatlash texnologiyalari boʻyicha raqobat keskin tus oldi. Xususan, BYD kompaniyasi oʻzining Blade 2.0 akkumulyator modeli 10 foizdan 70 foizgacha quvvatni 5 daqiqada toʻldira olishini maʼlum qilgan edi. Biroq Geely bu koʻrsatkichni yaxshilab, oʻzining Golden Brick batareyasi xuddi shu hajm uchun 4 daqiqayu 22 soniya sarflashini eʼlon qilgandi.
Shunga qaramay, mazkur sohadagi yetakchilardan biri boʻlgan CATL bundan avval ham 8C tezlikda ishlovchi tijoriy akkumulyatorini namoyish etgan boʻlib, u 20 foizdan 80 foizgacha quvvatni 6 daqiqayu 48 soniyada olishi mumkin edi. Biroq kompaniyaning eng yangi isteʼmolchi uchun moʻljallangan kichik quvvatli ishlanmasi bu natijalarni ortda qoldirib, eng yuqori tezlikdagi koʻrsatkichlardan birini qayd etdi.
Bozor tendensiyalari va boshqa kompaniyalar yutuqlari
Qayd etilishicha, ushbu yangi akkumulyator hozircha bevosita avtomobillarda qoʻllanilmayapti, shu bois uni BYD va Geely kabi transport vositalarida allaqachon ishlatilayotgan texnologiyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslab boʻlmaydi. Shunga qaramay, bu oddiy laboratoriya sharoitidagi sinov emas, balki real tezkor quvvatlash sharoitida sinovdan oʻtayotgan toʻlaqonli akkumulyator blokidir.Bundan tashqari, bozorda faqat CATL emas, balki boshqa yirik oʻyinchilar ham shunday tezkor texnologiyalar ustida ishlamoqda. Jumladan, FAW guruhi yaqinda oʻz akkumulyatori 10 foizdan 70 foizgacha quvvatni 3 daqiqayu 41 soniyada olishini maʼlum qildi. Garchi bu CATL koʻrsatkichidan biroz farq qilsa-da, tafovut atigi bir necha soniyani tashkil etadi.
Mazkur tendensiyalarning barchasi bitta umumiy gʻoyaga borib taqaladi: endilikda energiya manbalarini toʻldirish vaqti soniyalar bilan hisoblanmoqda. Bu esa kelajakda elektr transport vositalaridan foydalanishni anʼanaviy yonilgʻi quyish shoxobchalarida mashina toʻldirishchalik tez va qulay jarayonga aylantirishini anglatadi.






























Izohlar 0
…