15:00 / 29.04.2017
5 916

Xitoylik injenerlar suv ostida Hyperloop qurishni taklif qildi

Xitoylik injenerlar suv ostida Hyperloop qurishni taklif qildi
Xitoy temir yo‘l transporti instituti keltirgan dastlabki hisob-kitoblarga ishonadigan bo‘lsak, mamlakatda Hyperloop prinsipida ishlovchi vakuumli transportni qurish mumkin. Eng muhimi, barcha kerakli jihozlar va infrastrukturani ishlab chiqish va o‘rnatishdir. Tezyurar poezdga o‘tirib, Xitoydan Tayvangacha 13 daqiqada etib borsa bo‘ladi, deb yozadi Carzone.uz.

Elon Maskning g‘oyasi xitoylik injenerlarga yoqqan ko‘rinadi. Amerikaliklarning panjasiga panja urmoqchi bo‘lgan xitoylik konstuktorlar loyihasida 180 kmlik tonnel barpo etish ko‘zda tutilgan.

Yangi poezd xitoyliklarning yo‘lini yaqin qiladi va og‘ir yuklarni tashishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Nazariy jihatdan uning tezligi soatiga 2 ming km.

Qaytaramiz: bu hozircha loyiha. Ammo xitoyliklar bir ishga qasd qilsa, uddalamasdan qo‘ymaydi. Haqiqiy “Giperlup” birinchi bo‘lib Xitoyda qurilishi ehtimolini ham rad etib bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoylik injenerlar suv ostida Hyperloop qurishni taklif qildi