KGI Securities tahlilchisi Min Chi Kuo keyingi avlod iPhone’larining Apple kompaniyasining aqlli soatlari bilan o‘xshashlik jihatlari ko‘p bo‘lishini bashorat qilmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Eskpertning fikricha, joriy yilda chiqadigan iPhone 6s, soatlar singari, 7000 seriyasidagi alyuminiyli korpusga ega bo‘ladi. Yangi qotishmaning hamda Force Touch texnologiyasining qo‘llanishi apparatning 0,2 mm ga qalinlashishiga olib keladi, uning kengligi va uzunligi ham taxminan 0,15 mm gu oshadi. Eslatib o‘tamiz, iPhone 6ning qalinligi 6.9 mm, iPhone 6 Plus’ning qalinligi esa 7.1 mm dir.
Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, Force Touch texnologiyasining yangi smartfonga kiritilishi operasion dastur interfeysida ko‘plab o‘zgarishlar yasaydi. Bu funksiya Apple Watch soatlari hamda yangi MacBook noutbuklarida mavjud.
Yangi smartfon ranglarining variantlari ham bir qadar o‘zgaradi. Tillarang model sarg‘ishga yaqinlashadi, to‘q kulrang versiya esa (Space Gray) iPhone 6dagiga nisbatan ham to‘qroq bo‘ladi. Bundan tashqari, “pushti oltin” modifikasiyasi ham paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi