12:09 / 22.06.2015
5 671

Beeline‘ning “Uchinchi avlod-2015” dasturi bo‘yicha 16 ishtirokchi kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqdalar

Beeline‘ning “Uchinchi avlod-2015” dasturi bo‘yicha 16 ishtirokchi kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqdalar

2015 yil 22 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline “Uchinchi avlod-2015” dasturining barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 16 ishtirokchi kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqdaliklari haqida xabar beradi. 2015 yilda dastur VimpelCom‘ning “Make Your Mark” global loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Etti yildan beri Beeline yosh va iqtidorli yoshlarning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratib kelmoqda. So‘rovlar qabul qilinish paytida belgilab o‘tganimizdek, innovasion kompaniyada ishlashga yoshlarda katta qiziqish bor. Ishonaman, biz tanlagan 16 ishtirokchi kasbiy yuksakliklarga etishish uchun barcha kuchlarini to‘playdilar”.

Bu yili Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari “Uchinchi avlod” amaliyotchilariga aylandilar. Tijorat, texnik, axborot texnologiyalari, yuridik xizmati, jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlanish bo‘yicha bo‘limlarida Beeline‘ning amaliyot o‘tash dasturi ochildi.

“Dastur haqida o‘tgan yili ham o‘qib, ham maxsus grafik bo‘yicha Beeline‘da amaliyot o‘tagan kursdoshimdan xabar topdim, – deydi O‘zbekiston Milliy universitetining mexanika va matematika fakultetining IV-kurs talabasi Anastasiya Bulatova. – Meni tanlab olishganlaridan mamnunman, va kelajagimni aynan shu kompaniya bilan bog‘layman. Qiziq bo‘lishiga ishonaman, chunki saralash bosqichi ham texnologik o‘tdi. So‘rovnomani internet orqali to‘ldirib jo‘natdim, imtihon butunlay kompyuterlashtirilgan edi. Bu innovasion kompaniya ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi, va uning ishonchli va kelajagi bor ish beruvchi ekaniga ishonaman”.

Amaliyot o‘tash bir yil davom etib, ikkita bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich iyundan avgust oyigacha davom etib, talabalarga ta’til paytida tanlangan bo‘linmada to‘liq bandlik bilan amaliyot o‘tashga imkon beradi. Amaliyot o‘tash dasturining ikkinchi bosqichiga o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsatgan, ko‘proq darajada samarali bo‘lgan talabalar o‘tadi. Ular kompaniyada bu yilning sentyabr oyidan 2016 yilning iyun oyigacha, ham ishlab, ham o‘qish imkoniyatini ta’minlagan holda, mahsus moslashtirilgan grafik bo‘yicha ishlashni davom ettiradilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline‘ning “Uchinchi avlod-2015” dasturi bo‘yicha 16 ishtirokchi kompaniyada amaliyot o‘tashga kirishmoqdalar