
2015 yil 25 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline CAMEL-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. Hamkorlik shartnomasi Airtel hindistonlik aloqa kompaniyasi bilan imzolandi.
Unitel ning texnik dirktori Evgeniy Klyuchev: “Yaqinlar bilan ishonchli aloqa – uzoq manzillarga qilingan zamonaviy sayohatning muhim qismidir. Bugungi kunda Beeline 100 dan ortiq mamlakatlarda CAMEL-rouming xizmatini taqdim etmoqda. Bu xizmatning abonentlar uchun qulayligi – hisobda eng kam mablag‘ qolgan paytda ham undan foydalanish mumkin, va zamonaviy devayslarda innovasion texnologiyalar yordamida xizmat avtomatik tarzda aktivlashadi”.
Hindistonning boy tarixi va geografik hilma-hilligi turistlarni uchun ushbu mamlakat o‘ziga jalb etadi. Ushbu hududda madaniyat, ish, sport, ekologiya va medisina turizmi eng ommabop. CAMEL-rouming Hindistonga yo‘l olgan Beeline abonentlariga hisoblaridagi minimal balansda ham kafolatli to‘ldiruvsiz, hisob $0 bo‘lguniga qadar aloqadan foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga hisobdagi mablag‘ real vaqt mobaynida echib olinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar