09:01 / 16.05.2017
5 071

MP3 erasi o‘z yakuniga etdimi?

MP3 erasi o‘z yakuniga etdimi?
Ma’lumki, hozirda audiofayllarning turli xili mavjud bo‘lib, ular uchta turga bo‘linadi. Ya’ni kichraytilmagan, kichraytirilgan va kichraytirilgan, ammo o‘z holini yo‘qotmagan. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Audiokodeklar o‘rtasidagi raqobatda MP3 formati eng mashhur va ommabop hisoblanadi. Chunki, deyarli har birimizning aksessuarlarimizda MP3 formatidagi qo‘shiq, ovozlar yuklangan. Ammo har narsaning oxiri bor, deganlaridek, 24 yillik faoliyatdan so‘ng MP3 formati faoliyatiga yakun yasayotgani haqida ogohlantirdi.

“Bugungi kunda kengaytirilgan darajadagi yoki samarali bo‘lgan audiokodeklar mavjud. MP3 azaldan katta auditoriyaga ega bo‘lish bilan birga mashhurlik cho‘qqisini zabt etgan. Biroq zamon rivojlanishi bilan yirik mediaservislar, televidenielar, radiolar zamonaviy ISO-MPEG formatidan foydalanishmoqda. Uy zonalarida AAC formatidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. Kelajakda esa MPEG-H formatidan foydalanishni rejalashtirishmoqda. Yuqorida sanab o‘tgan formatlarda ko‘proq imkoniyatlar bo‘lib, ular past bitreytda ham sifatli ovozni taqdim eta olishadi. MP3 formatida esa bunday kenglikdagi imkoniyatlar yo‘q", deydi format asoschilaridan biri.

Format Germaniyada joylashgan Fraungofer instituti o‘quvchilari tomonidan 1993 yilda o‘ylab topilgan. Joriy yilning 23 aprelida formatning patent muddati yakuniga etdi. Shuningdek, asoschilar formatning lisenziya to‘plamlarini to‘xtatishga qaror qilishgan. Bundan tashqari, institut rasmiy saytida MP3 fayllarini boshqa qo‘llab-quvvatlamaslik haqida ham xabar berib o‘tilgan.

Albatta, MP3‘lar ko‘plab foydalanuvchilarning audioto‘plamlarida uzoq yillar saqlanib kelgan va bundan buyog‘iga ham saqlanishi tabiiy holat. Ammo ommalashgan servislar kundan-kunga MP3 formatidan foydalanishni to‘xtatib qo‘yishgan. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, MP3 servis olami tarixining bir qismiga aylanib ulgurdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » MP3 erasi o‘z yakuniga etdimi?
ePN