Samsung SDI va General Motors elektromobillar uchun yangi batareyalar ishlab chiqadi

Samsung SDI va General Motors kelajakdagi elektromobillar uchun yuqori samarali, katta sig'imga ega va tezkor quvvatlashni qo'llab-quvvatlaydigan prizmatik akkumulyator yacheykalarini birgalikda ishlab chiqadi. Samsung SDI General Motors'ning AQShning Indiana shtati Nyu-Karlayl shahridagi SynergyCells qo'shma korxonasidagi 49,99 foizlik ulushini to'liq sotib olib, zavodning yagona egasiga aylandi.
Samsung SDI va General Motors kompaniyalari kelajakdagi elektromobillar uchun yuqori samarali prizmatik akkumulyator yacheykalarini birgalikda yaratish boʻyicha yangi kelishuvga erishdilar. Ushbu strategik qadam ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirib, transport vositalarini elektrlashtirish yoʻnalishidagi texnologik imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, imzolangan hujjat yuqori quvvat sigʻimiga ega boʻlgan hamda tezkor quvvatlash texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan zamonaviy prizmatik batareyalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. Ushbu yechimlar avtomobilsozlik bozorida talab yuqori boʻlgan xususiyatlarni oʻzida mujassam etadi.
Strukturaviy oʻzgarishlar va zavod taqdiri
Mazkur kelishuv doirasida tomonlar korporativ tuzilmani oʻzgartirishga qaror qilishdi. Jumladan, Samsung SDI kompaniyasi General Motorsʼning AQShning Indiana shtati Nyu-Karlayl shahridagi SynergyCells qoʻshma korxonasidagi 49,99 foizlik ulushini toʻliq sotib oldi.Rasmiy press-relizda taʼkidlanishicha, mulkdorlik tuzilmasidagi bu oʻzgarish joriy bozor konyukturasiga, xususan, elektromobillarga boʻlgan talabning dastlab taxmin qilinganidan biroz sekinroq oʻsayotganiga bogʻliq. Natijada tomonlar avvalgi qoʻshma korxona formatidan voz kechib, hamkorlikning boshqa samarali yoʻnalishlarini qidirishga kelishib oldilar.
Shimoliy Amerikadagi ilk ishlab chiqarish maydonchasi
Ushbu bitim tufayli Samsung SDI zavodning yagona egasiga aylandi va kompaniya Shimoliy Amerikada oʻzining ilk batareya ishlab chiqarish obyektiga ega boʻldi. Ayni paytda mazkur zavod qurilish bosqichida turibdi.Qurilish ishlari yakunlangach, Samsung SDI zavodda dastlab energiya saqlash tizimlari (ESS) uchun batareyalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda Qoʻshma Shtatlarda bunday tizimlarga boʻlgan talab keskin oshib borayotgani ushbu qarorning asosiy sabablaridan biridir.
Shuningdek, kelgusida ushbu korxona bazasida elektromobillar uchun moʻljallangan prizmatik akkumulyator elementlarini chiqarish ham yoʻlga qoʻyilishi mumkin. Prizmatik yacheykatlar oʻzining qattiq toʻgʻri burchakli konstruksiyasi tufayli avtomobilsozlik sanoatida muhim oʻrin tutib, batareya blokiga samaraliroq integratsiya qilinishini taʼminlaydi.






























Izohlar 0
…