
Fransiyalik uchuvchi Bruno Vessoli La-Mansh bo‘g‘ozini paraplan va yengil har qanday erda yuruvchi transport vositasi – baggi gibridiga o‘xshash bo‘lgan uchar mashinada kesib o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Reyter agentligining xabar berishicha, “Pegas” nomli qurilma Fransiyaning Kale port shahri yaqinidagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan tezlikni olgan bo‘lib, start nuqtasidan 59 kilometr masofada, Britaniyaning Duvri yaqinida suvga qo‘ngan.
“Pegas”ni ishbilarmon Jerov Dofi yaratgan. U aviasiya sohasidagi kashfiyotchilar – braziliyalik Alberto Santos-Dyumon va fransuz Lui Blerioning ishlaridan ilhomlangan. 1909 yilda Blerio La-Manshni kesib o‘tgan ilk uchuvchiga aylangandi.

Dofi dunyo atrofini 80 kun mobaynida aylanib chiqishi mumkin bo‘lgan uchar mashinani loyihalashtirishni rejalashtirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar