date

SpaceX’dan “uchar likopcha”: Starfall loyihasining ilk tafsilotlari ma’lum boʻldi

SpaceX’dan “uchar likopcha”: Starfall loyihasining ilk tafsilotlari ma’lum boʻldi

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) SpaceX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan maxfiy Starfall loyihasiga oid yangi tafsilotlarni ochiqladi. Bu loyiha orbitadan yuklarni Yerga qaytarishga moʻljallangan koʻp marta ishlatiladigan kosmik kapsulani oʻz ichiga oladi. Kelajakda bunday apparatlar koinotda tajribalar oʻtkazish, materiallar ishlab chiqarish va sayyoramizning turli nuqtalari oʻrtasida tezkor yuk yetkazib berish uchun xizmat qilishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

FAA tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga koʻra, Starfall — bu disk shaklidagi uchuvchisiz kapsula boʻlib, u tashqi koʻrinishidan uchar likopchani eslatadi. Uni Falcon 9 va Starship raketalari yordamida koinotga uchirish rejalashtirilgan. Orbitaga chiqqandan soʻng, apparat mikrogravitatsiya sharoitida ilmiy va ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi, soʻngra foydali yuk bilan birga Yerga qaytib tushadi.

SpaceX ushbu loyihani seriyali qaytariladigan apparatlar oilasining asosi sifatida koʻrmoqda. Taxminlarga koʻra, bitta kapsula orbitaga 1 tonnagacha yuk yetkazib berish va uni qaytarib olib tushish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu tizim koinot sanoatini rivojlantirishda, xususan, ayrim butlovchi qismlarni bevosita koinotda ishlab chiqarishda muhim rol oʻynaydi.

Dastlabki sinovlar Tinch okeani uzra, Kaliforniya va Meksika qirgʻoqlaridan taxminan 1300 kilometr uzoqlikda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Atmosferaga kirgandan soʻng, kapsula parashyutlar yordamida tormozlanadi va okeanga qoʻnadi. SpaceX apparatning barcha qismlarini maxsus kemalar yordamida yigʻib olib, tahlil qilishni va ulardan qayta foydalanishni maqsad qilgan.

Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, SpaceX Varda Space Industries, Inversion va Atmos Space Cargo kabi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan qaytariladigan orbital platformalar bozorida yetakchilikni qoʻlga kiritishi mumkin. Hozirda ushbu startaplarning barchasi koinotda mahsulot ishlab chiqarish va natijalarni Yerga yetkazib berish texnologiyalari ustida ish olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » SpaceX’dan “uchar likopcha”: Starfall loyihasining ilk tafsilotlari ma’lum boʻldi