06:47 / 17.06.2017
4 825

Facebook moderatorlari terrorchilarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib qo‘ydi

Facebook moderatorlari terrorchilarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib qo‘ydi
Facebook moderatorlari dasturiy ta’minotdagi xato tufayli ijtimoiy tarmoqning terrorchilikda gumonlanayotgan foydalanuvchilariga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib qo‘yishi mumkin edi. Bu haqda «TASS» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

Aytilishicha, dasturiy ta’minotdagi xatolik tufayli 22 bo‘limdagi mingdan ortiq xodim jabr ko‘rgan. Ushbu ta’minot yordamida moderatorlar taqiqlangan kontentni aniqlab, o‘chirib boradi. Platformadan foydalanish qoidalariga muvofiq, jinsiy xarakterdagi, nafrat qo‘zg‘atuvchi va terrorni targ‘ib qiluvchi postinglar joylashtirish taqiqlanadi.

Xodimlarning qirq nafari Facebook’ning Dublindagi terror targ‘ibotiga qarshi kurashuvchi bo‘linmasida ishlaydi. Ulardan biri IShID bilan bog‘liq etti nafar o‘chirilgan foydalanuvchi profilini ko‘rgani tufayli Irlandiyani tark etishga majbur bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook moderatorlari terrorchilarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etib qo‘ydi