11:41 / 17.06.2017
5 520

iPhone 8 — simsiz quvvat olish, suvdan himoya va yuzning 3D skaneri kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi

iPhone 8 — simsiz quvvat olish, suvdan himoya va yuzning 3D skaneri kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi
Tayvandagi elektron qurilmalar ishlab chiqarish hamda loyihalash kompaniyasi — Wistron’ning bosh direktori Robert Xvan iPhone 8 ning nozik jihatlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda «Hi-Tech Mail.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 8 suv o‘tkazmaslik hamda simsiz quvvat olish kabi yangi funksiyalarga ega bo‘lishiga qaramay, uni ishlab chiqarish jarayoni avvalgi avlodlaridan katta farq qilmaydi.

Pocket Now’ning yozishicha, iPhone’ning kelgusi uchta avlodi (8, 7s va 7s Plus) ham simsiz quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan ko‘rinadi.

Ta’kidlash joizki, shundoq ham iPhone 7 hamda 7 Plus qurilmalari sayoz chuqurliklarda suvga qarshi himoya vositasiga ega. Yangi modellarda IP67 reytingi 68 ga qadar ko‘tarilib, (1,5 metr chuqurlikda 30 daqiqa) Samsung Galaxy S8 hamda LG G6 himoya darajalariga mos keladi.

Largan Precision kompaniyasining ma’lum qilishicha, yangi modul ob’ektivi Foxconn buyurtmasiga asosan yuzni 3D skaner qilish imkoniyati bilan jihozlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8 — simsiz quvvat olish, suvdan himoya va yuzning 3D skaneri kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi