© Foto: Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi. Old tomoni
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari shaxsni tasdiqlovchi hujjat statusiga ega bo‘ladi — u xorijiy davlatlarda ishlatiladigan ID-kartalarga o‘xshash bo‘ladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19 iyun kuni chiqarilgan №389-sonli qarorida nazarda tutilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Hujjatga ko‘ra, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari plastikdan tayyorlanadi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami (JSh ShIR) hamda qurilmalar o‘rtasida kontaktsiz ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi maxsus elektron belgi (NFC smart-kart) bilan ta’minlanadi.
2021 yilning 1 yanvariga qadar texnik ko‘rikdan o‘tganlik haqidagi ma’lumotlar, avtotrasportga egalik qilish yoki undan foydalanish uchun ishonchnoma, fuqarolik majburiyati sug‘urta polisiga egalik ham bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi — ular ham NFC chipi ichiga kiritiladi.
Bu hujjatlarning qog‘ozdagi ko‘rinishini majburiy tarzda rasmiylashtirish bekor qiladi.
Shuningdek, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jarayoni ham soddalashtirildi. Qarorga ko‘ra, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari olish uchun haydovchilar faqat pasport, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va talonni taqdim etishsa kifoya.
Ichki ishlar organlari tizimida axborot-kommunikasiya texnolgiyalari xizmatini joriy etish bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi «Innovasion loyihalar va aholiga servis xizmati ko‘rsatish Markazi» shug‘ullanadi. Markaz shuningdek, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga zarur hujjatlarni yig‘ish va tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi..
© Foto: Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasining namunasi.
Orqa tomoni
Orqa tomoni
© Foto: Yangi namunadagi avtomototransport vositasi ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi. Old tomoni.
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi. Old tomoni.
© Foto: Yangi namunadagi avtomototransport vositasi ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi. Orqa tomoni.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning namunasi. Orqa tomoni.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»