10:03 / 21.06.2017
10 641

Hozirgi kunda hamma o‘ynayotgan «Spinner» haqida 5 ta fakt

Hozirgi kunda hamma o‘ynayotgan «Spinner» haqida 5 ta fakt
1. 2017 yilda Fidget Spinnerning harakatidan hayajonga tushib hamma aqldan ozayozdi. Bu qo‘l uchun aylanadigan podshipnikdan iborat girdobli halqa. U qandaydir mazmunni ifodalamaydi, uni faqatgina aylantirish yoqimli, xolos. Uning narxi 200 rubldan 10 ming rublgacha. Asosan uni 600-900 rubl atrofida sotib olishmoqda.

2. Ushbu o‘yinchoq Floridalik ayol tomonidan 1993 yilda kasalligi tufayli ko‘chada o‘ynay olmaydigan qizining bo‘sh vaqtini o‘tkazishi uchun o‘ylab topilgan. U o‘z ixtirosi uchun patent oldi va bir necha ming o‘yinchoqni sotdi ham. Lekin unga bo‘lgan talab kamaydi, 2005 yilda patentning amal qilish muddati ham tugadi va barcha ushbu spinnerlarni butkul unutishdi.

3. 2016 yil dekabrda mashhur Forbes jurnali ushbu sinner - 2017 yildagi eng asosiy ofis o‘yinchog‘i deb yozdi. Shundan so‘ng haqiqiy portlash boshlandi.

4. Faqatgina aprel oyida bir necha o‘n million dona o‘yinchoq sotildi. Spinnerlar Amazon mahsulotlarining eng ko‘p sotiladigan mahsulotlaridan biri bo‘ldi, YouTube tarmog‘ida turli tryuklardan iborat bo‘lgan videolar bilan to‘lib toshdi.

5. 62 yoshli ixtirochi ushbu millionlab sotilgan spinnerlardan bir sent ham foyda ko‘rmadi. Hozirgi kunda u "klassik spinnerlar"ga talablarni o‘rganish va tegishli buyurtmalarni qabul qiluvchi kompaniyani tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hozirgi kunda hamma o‘ynayotgan «Spinner» haqida 5 ta fakt