Anthropic Claude Haiku 5.5 modelini taqdim etdi

Anthropic kompaniyasi avvalgi versiyasidan qariyb bir yil o‘tib Claude Haiku 5.5 modelini taqdim etdi. Yangi model tezkor ishlash va nisbatan past xarajat bilan foydalanishga mo‘ljallangan.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Claude Haiku 5.5 qisqa va takroriy vazifalar, ma’lumotlarni tasniflash hamda dasturlash bilan bog‘liq jarayonlarda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan. Model tezlik va narx o‘rtasidagi nisbatni yaxshilashga qaratilgan.
Anthropic taqdim etgan natijalarda Claude Haiku 5.5 ayrim testlarda GPT-6 Luna'dan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan. Jumladan, OSWorld 2.1 sinovida yangi model 72,4 foiz natija ko‘rsatgan, GPT-6 Luna esa 48,9 foiz qayd etgan.
GDPval-AA testida ham Claude Haiku 5.5 yuqori natija qayd etgan. Ushbu sinovda Haiku 5.5 1620 ball to‘plagan bo‘lsa, GPT-6 Luna 1437 ball olgan.
Claude Haiku 5.5'ning narxi 1 millionta kiruvchi token uchun 0,10 dollar, chiquvchi token uchun esa 0,50 dollar etib belgilangan. Anthropic ma’lum qilishicha, Claude Haiku 4.5 bilan solishtirganda xarajatlar 75 foizgacha kamaygan.
Shu tariqa, Anthropic yangi model orqali tezkor ishlash va past xarajat talab qilinadigan vazifalar segmentida raqobatni kuchaytirishni maqsad qilgan.































Izohlar 0
…