date

Beeline abonentlari “6 000 bonus!” aksiyasi bo‘yicha minglab megabayt, daqiqa va SMS‘larni qo‘lga kiritadilar

Beeline abonentlari “6 000 bonus!” aksiyasi bo‘yicha minglab megabayt, daqiqa va SMS‘larni qo‘lga kiritadilar

2015 yil 16 iyul, Toshkent. Beeline “6 000 bonus!” aksiyasini ishga tushirdi. Endi yangi Samsung S6 edge yoki Samsung Galaxy S6 flat smartfonlaridan biri harid qilinganda ulangan kundan boshlab uch oy davomida abonent bonusli 2 000 megabayt, tarmoq ichida 2 000 daqiqa va 2 000 SMS‘ni qo‘lga kiritadi.

“Samsung innovasion devayslaridan foydalanuvchilari uchun bu ajoyib bonus. Shunday aksiyalar – strategiyamizning bir qismidir, va yaqin vaqt mobaynida o‘z abonentlarimizni ko‘p qiziq takliflar bilan hursand qilishni rejalashtirganmiz. Ular haqida birinchi bo‘lib Beeline Uzbekistan mobil ilovasi, kompaniya sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi korporativ sahifalardan xabar topish mumkin”, – deydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov.

Aksiya 2015 yilning 30 sentyabr kuniga qadar davom etadi. Shunda bonuslarni qo‘lga kiritish uchun berilgan kupon 2015 yilning 15 oktyabriga qadar amal qiladi. Xizmat yoqtirilgan chog‘da bonuslar yangi yoqilgan, yoki avvaldan mavjud bo‘lgan raqamga beriladi, keyin esa har oyning birinchi sanasida bonuslar beriladi. Birinchi oyda xizmat yoqilgan sanadan qat’iy nazar bonuslarning to‘liq xajmi beriladi. Qolgan bepul megabaytlar xajmini bilish uchun - *103# kodini terish, qolgan bepul SMS‘lar xajmini bilish uchun - *105# kodini terish, qolgan bepul daqiqalar xajmini bilish uchun - *106# kodini terish lozim.

Bonuslar faqat “Juda oddiy!” tarif rejasida amal qiladi va Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida beriladi. Qayta ro‘yhatdan o‘tish yoki ishlatilgan telefonlar uchun bonuslar taqdim etilmaydi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan ilovasida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline abonentlari “6 000 bonus!” aksiyasi bo‘yicha minglab megabayt, daqiqa va SMS‘larni qo‘lga kiritadilar