YouTube'ning Gizmo Slip kanali videoblogerlari eng mashhur uch flagman smartfonini favqulodda sinovdan o‘tkazdi. iPhone 7, Samsung Galaxy S8 va Google Pixel XL mikroto‘lqinli pechda elektromagnit maydon bilan ta’sir ko‘rsatilgan sinovdan o‘tkazildi.
Sinovchilar uch devaysning barini mikroto‘lqinli pechga joylab tekshirishdi, muayyan vaqtdan keyin qurilmalarning faoliyatida muammolar yuzaga kela boshladi va ishdan chiqishning tashqi belgilari namoyon bo‘ldi. Ikki soniyalik nurlanishdan keyin iPhone 7 smartfoni o‘chib, qayta yoqildi. Besh soniya barcha smartfonlarning o‘chishi uchun etarli bo‘ldi.
Tadqiqotchilar iPhone 7 va Pixel XL smartfonlarini qayta yoqishga muvaffaq bo‘lishgan bo‘lishsa, Galaxy S8 to‘liq ishdan chiqdi.
Testni davom ettirish mikroto‘lqinli pech ichidagi ikki "omon qolgan" smartfonning uch soniyadayoq o‘chishiga olib keldi. Bu sinov bosqichidan keyin Google'ning Pixel XL qurilmasi qayta yoqilmadi. iPhone 7 esa yoqilib, odatdagidek xizmat ko‘rsatishda davom etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi