Xitoyning CHJ Automotive yosh kompaniyasi yigitlari 2018 yildan kech bo‘lmagan muddatda sotuvga chiqadigan ikkita elektr avtomobil modelini yaratish ustida ishlashmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
Startap rahbari Kevin Shenning aytishicha, bo‘lg‘usida CHJ Automotive modellar qatori yanada oshadi, biroq hozircha kompaniya jamoasining barcha sa’y-harakatlari ikkita loyiha: gibrid yo‘ltanlamas va o‘ta ixcham shahar mashinasini yaratishga qaratilgan. Kompaniya ixcham shahar mashinasiga katta ishonch bildirmoqda: u 7800 dollarlik narx bilan almashtiriluvchi akkumulyatorlarga egaligi, tez quvvatlanishi va xizmat ko‘rsatilishi arzonligi bilan maqtana oladi.
Avtomobilning uzunligi 2,5 metr, kuzovi eni esa bir metrdan sal kattaroq bo‘ladi. Mashina komplektida ikkita almashtiriluvchi akkumulyator bo‘ladi, shuning uchun uzoq safarlarga ikki akkumulyatorni quvvatlab, ikkinchisini zaxira sifatida yukxonaga olib qo‘yish mumkin. Bu juda ajoyib g‘oya bo‘lib, mashina egalarida batareyalarni tezda almashtira olish imkoniyati bo‘ladi. Mashina bortida modifikasiyalashgan Android operasion tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u yordamida avtomobil holatini kuzatish va uning tizimlarini boshqarish mumkin bo‘ladi.
Kevin Shen faqatgina Xitoy bozori bilan cheklanib qolmay, mashinalarni xorijda ham sotmoqchi. Uning aytishicha, kompaniya evropalik hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Hozircha kompaniya modellarining ishchi prototiplarini ko‘rsatmayapti, biroq CHJ rassomlari intervyu uchun modellarning bir nechta suratlarini taqdim qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»