date

O‘zbekistonda Skype, Viber, Telegram messenjerlari ishida kuzatilayotgan muammolar sentyabrgacha hal qilinadi

O‘zbekistonda Skype, Viber, Telegram messenjerlari ishida kuzatilayotgan muammolar sentyabrgacha hal qilinadi

O‘zbekistonda internet-xizmatlar yomonlashishi, shuningdek Skype, Viber, Telegram kabi ommaviy messenjerlar ishidagi muammolar 31 avgustgacha kuzatilishi mumkin. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Internet-provayderlar tomonidan tarqatilgan e’lonlarda bu holat “O‘zbektelekom” AJ hamkorlarining tarmog‘idagi profilaktik ishlari muddatining uzaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilar iyul oyi oxiridan beri Skype orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda muammolarga duch kelayotganlaridan shikoyat qilishmoqda. Messenjer orqali yuboriladigan matnli xabarlar muammosiz ishlamoqda. Bungacha profilaktik ishlar 8 avgustgacha tugashi kutilgandi.

O‘zbekistonning telekommunikasiyalar milliy operatori “O‘zbektelekom” mamlakatning barcha provayderlari uchun o‘zining xalqaro kommutasiya paketi orqali internetga kirishni ta’minlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Skype, Viber, Telegram messenjerlari ishida kuzatilayotgan muammolar sentyabrgacha hal qilinadi