
Er sayyorasidagi eng uzoq umr ko‘ruvchi jonzotlar deb Karib dengizi tubida yashovchi qimirlamaydigan chuvalchanglar tan olindi. Ularning ayrimlar 300 dan ortiq yashagan. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
«Escarpia laminata turining ko‘p individlari 250 yoshga etadi va boshqa jonzot o‘ta olmagan chegaradan o‘tadi. Ushbu turning eng uzun individlarining yoshini aniqlashdagi xatoliklarni inobatga olsak, ayrimlari bundan ham ko‘proq umr ko‘rishi mumkin», — dedi Filadelfiyadagi (AQSh) Templ universiteti vakili Alanna Durkin.
Ushbu rekordga biroz yaqinlashuvchi yana bir tur Grenlandiya kitlaridir. Ular 200 yil umr ko‘rishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar