17:56 / 03.08.2017
6 414

Beeline kelajak olimpiyadachilariga yangi basseyn sovg‘a qilmoqchi

Beeline kelajak olimpiyadachilariga yangi basseyn sovg‘a qilmoqchi
Braziliyada bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiyada o‘yinlari O‘zbekiston sportga qanchalik muvaffaqiyatlarga erishishi mumkinligini yana bir bor isbotladi. Bizning mamlakatimizning ulkan imkoniyatlarini boks, dzyudo, erkin kurash va og‘ir atletika sport turlari bo‘yicha terma jamoalarimiz namoyish etdi. Erishilgan natijalar hayratga soladi va sport olg‘a qarab qadam bosishga tayyor. Buning uchun nima talab qilinadi? Iste’dod. Haqiqiy sport olmoslari, matonatli mashqlar va ko‘mak, mana shular ulardan brilliantlarni shakllantiradi. Beeline Uzbekistan kompaniyasi olimpiya sport turlarining kelajagi uchun mablag‘ ajratishga tayyor va Respublika olimpiya zaxiralari kollejini qo‘llab-quvvatladi.

2017 yil 3 avgust kuni Respublika olimpiya zaxiralari kollejida jurnalistlar uchun endigina kirishgan chempionlarga mo‘ljallangan “aqlli” basseyn loyixasi taqdimoti o‘tkazildi. RKOR xududidagi yangi suv majmuasi qurilishi Beeline Uzbekistan kompaniyasi yordamida amalga oshiriladi. Kompaniya loyixani 2018 yil baxorda foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

Bo‘lib o‘tgan press-tur doirasida Beeline Uzbekistan kompaniyasi vakillari, Chilonzor tumani xokimiyati, Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi vakillari, kollej va bosh pudratchi ma’muriyatlari O‘zbekistondagi birinchi innovasion basseyn qanday bo‘lishi haqida va u o‘quvchilarga qanday istiqbollarni ochib berishi to‘g‘risida batafsil gapirib berishdi.

Ob’ektga qaratilgan press-tur davomida, loyixa mualliflari inshoot to‘g‘risida gapirganda u majmuaviy inshoot bulib, u sportchilarni olimpiyada normativlariga tayyorlash uchun barcha talablariga javob berishi haqida fikr bildirishdi. Bino mashqlar olib borish uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega, basseynga keladigan bo‘lsak bu nafaqat suv qurilmasi (konstruksiyasi), shu bilan birga u ma’ruza mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadigan o‘ziga xos o‘quv sinfidir.

O‘zbekistonga Ispaniya va Daniyadan zamonaviy jihozlar ushbu ob’ekt uchun ataylab olib kelindi. Start olish ustunchalari (tumbalari), flagshtoklar (bayroq o‘rnatiladigan tik xodalar), zinapoyalar, basseyn tubidagi va yon devorlardagi belgilar (razmetkalar), bularning barchasi FINA xalqaro federasiyasining eng zamonaviy talablariga javob beradi. Bularning barchasi olimpiyadachilarni musobaqaga o‘xshash shart-sharoitlarda tayyordash imkonini beradi.

Xavfsizlik va basseynning tozalash tizimiga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda bu mamalakatimizdagi eng baquvvat jixozlar va suvni taxlil qilishning “aqlli” tizimi o‘rnatilgan yagona olimpiya majmuasidir. Bu kabi kompleks tozalash- dunyo miqyosidagi musobaqalarga xos standart va sportchilarni tayyorlash uchun sifatli sharoitlar kafolati. E’tiborga sazovorli tarafi shuki, majmua RKOR majumasi va shu bilan birga respublika bo‘yicha sport maktablari basseynlari uchun zararsizlantirish moddalarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Basseyn esa yil davomida ishlab turadi, va eng zamonaviy issitish tizimlari bilan jihozlangan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline kelajak olimpiyadachilariga yangi basseyn sovg‘a qilmoqchi