Olimlar o‘z-o‘zini ma’lum bir vaqtdan keyin yo‘q qilib yuboruvchi yangi materialni yaratdi. Taxminlarga ko‘ra, bu farmakologiya bozori hamda chiqindilarni qayta ishlash sanoatida inqilobga olib kelishi mumkin, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Tadqiqot ustida Germaniyaning Myunxen texnika universiteti kimoygarlari ishladi. Natijalar borasidagi hisobot Nature Communications jurnalida chop etildi. Material supramolekulyar deb ataluvchi molekulalardan tashkil topgan. Ularga o‘zining dastlabki shaklini saqlab qolishlari uchun unchalik katta bo‘lmagan energiya zarur bo‘ladi. Shundan so‘ng energiya tugaydi, molukulalar deformasiyalanadi, material esa parchalanib o‘zini o‘zi yo‘q qiladi.
Bunga qadar inson hayot tarzi oqibatida paydo bo‘lgan chiqindilar yillar davomida yig‘ilib yotardi, yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan materiallar tayyorlash uchun qayta ishlanardi. Bular atrof muhitni ifloslantiribgina qolmay, ko‘p vaqt, energiya va material sarfiga olib keladi. Yangi ixtiro esa chiqindilarni qayta ishlashni qisman bekor qilishga olib kelishi mumkin.
Hozircha olimlar ushbu materialdan ovqat hazm qilish tizimining ma’lum qismlari uchun kerak bo‘ladigan dori vostilarini etkazib berishda foydalanishni rejalashtirmoqda. Dori vositasi joylashgan qobiq organizmdagi kerakli organga borib etganida parchalanadi. Bundan tashqari ixtiro o‘chib ketadigan siyohlarni yaratishda ham ishlatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»