2025 yilga borib yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi samolyotlar haydovchisiz parvoz qilishi mumkin, deb yozadi Kun nashri mazkur soha vakillarining shunday xulosasiga asoslanib.
2025 yilda masofadan boshqariluvchi laynerlar paydo bo‘ladi, bu tashuvchi-kompaniyalarga yiliga 35 milliard dollar tejash imkonini beradi. Birinchi navbatda uchuvchilar maoshiga yo‘naltiriluvchi xarajatlar sezilarli ravishda qisqaradi.
Umuman olganda, yo‘lovchilar uchun ham ma’lum ma’noda qulaylik tug‘iladi, zero parvozning avtomatlashuvi chiptalar narxining 10 foizga arzonlashishiga olib keladi. To‘liq avtopilot texnologiyasi ustida Boeing kabi gigant ishlamoqda. Kompaniya uchuvchining o‘rniga sun’iy intellekt qaror qabul qiluvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqaradi.
Biroq yo‘lovchilar hozircha bunday salohiyatdan xavfsirashmoqda, so‘roq qilinganlarning 54 foizi uchuvchisiz laynerda parvoz qilmasliklarini ta’kidlashgan, hatto chiptalar narxining pasayishi ham vaziyatni qutqarmaydi. Kabinadagi uchuvchining o‘rnini hech kim bosa olmaydi deb hisoblovchi ba’zi ekspertlar ham bunga salbiy munosabat bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar