12:37 / 16.08.2017
6 374

Sharp Aquos S2: yapon texnologiyasi o‘rtacha narxda

Sharp Aquos S2: yapon texnologiyasi o‘rtacha narxda
Ilg‘or ekranlari bilan e’tiborga tushgan Sharp kompaniyasi smartfon tayyorlashda ham davom etadi. Aquos S2 modeli kompaniyaning ilk romsiz displeyli devaysi bo‘ldi, deb xabar bermoqda TheVerge.

S2 gadjeti 2017 yilning barcha tendensiyalarini o‘zida jam qilgan: 5,5 dyuymli 2K displey, selfi-kamerani o‘rab olgan, shuningdek old panelni egallab olgan ekran bilan o‘ziga xosligi.

LG G6 kabi, Aquos S2'ning ekran burchaklari bir oz silliqlangan. Bu dizayn romsiz smartfon noxos qo‘ldan tushib ketganida sinmasligi uchun qo‘llanilgan.

Orqa panelda ikkita, har biri f/1.75 optik linzasi 2 ta kamera o‘rnatilgan. Bu kamerlarning joylashuvi va ko‘rinishi hali taqdim qilinmagan, ammo deyarli bizga ma’lum iPhone 8'ga o‘xshash.

Telefon 2 talqinda ishlab chiqariladi: standart talqinda Snapdragon 630 prosessori, 4 GB operativ xotira va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilsa, ikkinchi talqin nisbatan ilg‘or Snapdragon 660 prosessori, 6 GB tezkor xotira hamda 128 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Har ikkala model batareyasining sig‘imi 3020 mA soat bo‘ladi.

Aquos S2 Android Nougat operasion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Smartfon sentyabrda 373 dollardan sotuvga chiqariladi.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sharp Aquos S2: yapon texnologiyasi o‘rtacha narxda