Tugayotgan haftada HMD Global kompaniyasi Londonda ilk Nokia flagmanini taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchi bugungi talabdan kelib chiqib, Nokia 8 kamerasiga alohida e’tibor qaratgan. To‘g‘ri, kompaniya uning kamera salohiyatini alohida e’tirof qilgani yo‘q. Qadrdon Zeiss brendiga mansub 13 megapikselli rangli va oq-qora suratga oluvchi sensorlar, optika, optik barqarorlashtirish va lazerli avtofokus funksiyalariga egaligi, 4K video suratga olishi bilan kamera e’tiborni tortgan edi.
Nokia 8 devaysidagi kamera sensorlarining optik linza sig‘imi f/2.0 hajmli. Selfi suratlar uchun ham 13 megapikselli sensor tanlangan. Odatga ko‘ra, ularda ham ZEISS linzalaridan foydalanilgan.
Aslida uning imkoniyatlari qanday?
Shu savolga javob izlagan insayderlar Nokia 8 bilan birga London bo‘ylab sayohat qilishdi. Yangi flagman olgan fotosurat namunalari jurnalistlarga va ko‘pchilik o‘quvchilarga ma’qul kelmoqda. To‘g‘ri, Nokia 8'ni bugungi kuchli kamerafonlarning eng zo‘ri, deyish qiyin, biroq u olgan selfilar, ayniqsa sizga ham ma’qul bo‘ladi.
Kamera imkoniyatlariga siz ham baho bering:
Umuman olganda, tasvirlar sifatli va detallarga boy, kameraning rangni muhrlash imkoniyati tabiiy.
Eslatib o‘tamiz, Nokia 8 smartfoni 5.3 dyuymli va Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan Quad HD (har dyuymdi 554 belgi) displey, 8 yadroli kuchli Snapdragon 835 prosessoriga egaligi bilan o‘ziga xos.
Mobil aloqa vositasining tezkor xotira sig‘imi 4 (DDR4X), doimiy xotira esa 64 gigabaytli (UFS 2.1). Smartfon 256 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Nokia 8'ning ko‘k korpusli talqiniga 128 gigabaytli xotira o‘rnatiladi.
Nokia 8 och va to‘q ko‘k, po‘lat rang, jilodor mis rang korpuslarda ishlab chiqariladi va sentyabrdan boshlab 599 evrodan sotuvga chiqariladi.
Manba: Terabayt.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar