Beeline‘ning “Pullar qaytariladi” aksiyasi endi korporativ mijozlar uchun ham amal qilmoqda

Beeline kompaniyaning biznes-mijozlari uchun “Pullar qaytariladi” aksiyasi haqida ma’lum qiladi.
Mazkur aksiya doirasida avvaldan to‘lov tizimining (prepaid) korporativ abonentlari 117$ evaziga maxsus UZTE Grand V7 smartfonini harid qilishlari mumkin va uch oy davomida 39$ miqdoridagi bonusga ega bo‘ladilar.
Keyingi to‘lov (postpaid) tizimi mijozlari uchun aksiyaning boshqa mexanikasi amal qiladi: ular moslamani 105$ evaziga harid qilib, uch oy davomida 35$ ortiq bo‘lmagan chegirma taqdim etiladi. Aksiya Beeline‘ning yangi va avvaldan mavjud abonentlari uchun amal qiladi. Har oyning so‘ngida chegirmaning foydalanilmagan mablag‘i kuyib ketadi. Harid qilingan smartfonni “Konstruktor” tarif rejasiga ulash mumkin.
Aksiya 2015 yilning 31 dekabr kuniga qadar davom etadi. Tafsilotlar b2b.beeline.uz saytida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing