17:24 / 28.08.2017
5 814

Zararli odatlarga qarshi “aqlli” bilaguzuk yaratildi

Zararli odatlarga qarshi “aqlli” bilaguzuk yaratildi
Olib yuriluvchi qurilmalar bozoriga yangi “aqlli” bilaguzuk qo‘shildi. U egasini zararli odatlardan elektr toki yordamida cheklab turishga qaratilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Bilaguzuk Pavlok Electro Wristband deb nomlandi, u shartli reflekslarni o‘rgangan olim Ivan Pavlov sharafiga qo‘yilganidan darak beradi. Bilaguzuk ishlab chiqaruvchilari uning egalariga zararli odatlarga moyillik paydo bo‘lganda maxsus tugmachani bosishni taklif etishmoqda. Shundan so‘ng uncha kuchli bo‘lmagan elektr toki zarbasi yuz beradi. Natijada keyinchalik aniq xatti-harakatni og‘riq bilan bog‘lovchi refleks ishlab chiqilishi lozim, u zararli odatni yengishda qo‘l keladi.

O‘ziga tok bilan zarba berishga tayyor bo‘lmaganlar uchun esa yengil rejim mavjud bo‘lib, unda bilaguzuk tebranadi va tovush signalini chiqaradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Zararli odatlarga qarshi “aqlli” bilaguzuk yaratildi