22:14 / 01.09.2017
4 735

SanDisk jahondagi eng sig‘imdor fleshkani sotuvga chiqarmoqda

SanDisk jahondagi eng sig‘imdor fleshkani sotuvga chiqarmoqda
Western Digital kompaniyasiga qarashli SanDisk brendi mobil qurilmalarning ichki xotirasini kengaytirishga mo‘ljallangan so‘nggi avlod MicroSD fleshkasi ma’lumot sig‘imini 2 barobarga oshirdi. Buning uchun kompaniyaga 2 yil vaqt kerak bo‘ldi, deb yozmoqda «Terabayt» nashri.

SanDisk 2015 yilda taqdim qilgan 200 gigabaytli MicroSDXC xotira fleshkasi gigant miqdordagi ma’lumotni sig‘dira olishi bilan butun dunyoni lol qoldirgan edi. 2016 yilda 256 gigabaytli Extreme MicroSDXC nomli xotira kartasi taqdim qilindi. Kuni kecha esa Germaniyada Western Digital kompaniyasi jahonning eng yirik xotira sig‘imiga ega 400 gigabaytli MicroSD kartasini namoyish qildi.

SanDisk Ultra MicroSD UHS-I 400GB xotira kartasi yuqori tezkorlikka ega bo‘lib, sekundiga 100 megabayt ma’lumot yozish salohiyatiga ega. SanDisk bu fleshkaning Android smartfonlar va planshetlar uchun qulay qurilma ekaniga ishonadi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, fleshka minutiga 1,200 ta suratni uzatish qobiliyatiga ega. Shuningdek, fleshkaga 40 soat hajmidagi HD videolarni joylashtirish mumkin.

2016 yilning noyabr oyida qo‘shimcha xotira kartalari bo‘yicha mas’ul SD Association tashkiloti xotira kartalarining ma’lumotni o‘qish va yozish tezkorligiga ko‘ra, ularni muayyan sinflarga bo‘lgan edi. 400GB SanDisk kartasi "A1" sinfiga mansub deb topilgan. Ya’ni, fleshka ilova va hujjatlarni yozib olish va uzatishda katta imkoniyatlarga ega.

SanDisk har bir xotira kartasiga cheklangan 10 yillik kafolatni beradi. Jahonning eng sig‘imdor MicroSD kartasining bahosi ham chakki emas: $249.99 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » SanDisk jahondagi eng sig‘imdor fleshkani sotuvga chiqarmoqda