10:43 / 04.09.2017
7 506

Rossiyada uchar mototsikl yaratildi

Rossiyada uchar mototsikl yaratildi
«HoverBike S3» deya nom olgan uchar mototsikl turi «Moscow Raceway» avtodromida sinovdan o‘tkazildi. Mototsikl bir metr yuqoriga ko‘tarilgan holda 1 kilometr masofani to‘xtovsiz bosib o‘ta oldi.

«HoverSurf» kompaniyasi vakillarining aytishicha, kelgusida bu mototsikllar yanada yuqorida minglab kilometrlarni bosib o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.

Mototsikl motori elektr quvvati asosida ishlaydi. Mototsiklchining o‘tirish joyi odatiy mototsikllardan andoza qilib olingan. Lekin ballonlar o‘rniga to‘rtta elektr ventilyatorlar o‘rnatilgan. Mototsiklni boshqarish huquqini olish uchun haydovchida uchuvchi litsenziyasi bo‘lishi lozim.

Mototsikl 150 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikni ko‘tarib ucha oladi. Akkumlyatori 4 soatda elektr quvvatiga to‘yinadi va bu yarim soatlik parvozga bemalol yetadi. Parvoz balandligi hozircha 5 metr etib belgilangan. Mototsikl havoda soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyada uchar mototsikl yaratildi