Apple iOS 9ning yakuniy versiyasi yuklab olish uchun taqdim etildi

iOS 9 operasion sistemasining yakuniy versiyasi Apple mobil qurilmalariga yuklab olish uchun rasman ochiq deb e’lon qilindi. Bu haqda 9to5mac.com'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Apple operasion sistemasining yangi versiyasini o‘rnatish “Sozlamalar” («Nastroyki»), “Asosiy” («Osnovnыe»), “OSni yangilash” («Obnovlenie PO») orqali amalga oshirilib, buning uchun mobil qurilma xotirasida 1,3 Gb bo‘sh joy bo‘lishi talab etiladi.
iOS 9ga qadar yangilash iPad`larga ko‘p vazifalik rejimini qo‘shimcha qiladi, harflar ro‘yxatini o‘zgartirish tugmachasi rangi o‘zgartirilgan, ilovalarni o‘zgartirish rejimi va xaritalarda yo‘nalishlarni belgilash rejimi ham yangilangan.
Avvalroq Apple rahbari Tim Kuk qurilmalarga kompaniya tomonidan o‘rnatilgan “Kompas”, “Aksiyalar”, “Maslahatlar” singari foydalanuvchilar deyarli ishlatmaydigan ilovalarni o‘chirishga ruxsat berishi to‘g‘risida xabar qilingan edi. iOSning yangi versiyasida esa qurilmalarga yanada ko‘proq ilovalar o‘rnatiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing