
SpaceX kompaniyasi Mak-Gregordagi (Texas shtati) sinov maydonida o‘ta og‘ir Falcon Heavy raketasining quruqlikdagi sinovlari birinchi bosqichini yakunladi. Bu haqda «Forbes»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Kompaniya sinovlarga ko‘p marotaba ishlatiladigan uchta Falcon 9 raketasini safarbar qildi. Ulardan biridan oldinroq Xalqaro koinot stansiyasiga yuklar yetkazishda foydalanilgandi.
SpaceX asoschisi Ilon Mask sinovlardan so‘ng atigi bir oy o‘tib raketa koinotga uchirilishi mumkinligini va’da qildi.
Noyabr oyidagi ilk parvoz muvaffaqiyali yakunlansa, Falcon Heavy dunyoda eng qudratli raketaga aylanadi va Oy hamda Marsga uchishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar