Ekran qurilmaning butun old panelini egallasa, old kamerani qayerga ko‘chirish kerak? Bu muammoni qator ishlab chiqaruvchilar ekran o‘rtasidagi kesim yordamida yechdi: Essential Phone, bo‘lg‘usi iPhone 8 va ma’lum bo‘lishicha, bo‘lg‘usi Galaxy S va Note qurilmalari ham ana shunday kesimga ega bo‘ladi. Bu haqda «Hi-tech.mail.ru»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.
Internetda paydo bo‘lgan patent chizmalari Samsung yangi qurilmalari ekrani smartfon tepa qismining eng chekkasigacha borishini ko‘rsatadi, kichik kesimda esa old kamera, dinamika va turli datchiklar joylashadi. Kesim Essential Phone va iPhone 8 ekranlariga g‘oyatda o‘xshash.
Patent Janubiy Koreyada 2016 yilning mayida topshirilgan, bu yuqoridagi ikki ishlab chiqaruvchining loyihalari oshkor bo‘lishidan ancha oldindir.
Ammo patent kompaniyaning bunday qurilmani chiqarish niyatini bildirmasligi ham mumkin, chunki ishlab chiqaruvchilar o‘z xodimlari ish olib borayotgan har qanday g‘oyalarni patentlab qo‘yishga moyil bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi