date

Dunyodagi ilk 8K televizorining narxi 133 ming dollar bo‘ladi

Dunyodagi ilk 8K televizorining narxi 133 ming dollar bo‘ladi

Sharp kompaniyasi davstlabki 8K televizorlarining savdoga chiqarilish muddatlarini e’lon qildi. 2015 yil 30 oktyabridan sotib olish mumkin bo‘lgan qurilma ekranidagi piksellari soni odatdagi zamonaviy FullHD-displeylaridan 16 barobar ko‘proq.

Super Hi-Vision 8K LV–85001 televizori ilk marotaba 2015 yilning yanvar oyida AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan CES ko‘rgazmasida namoyish etilgan edi. Uning diagonali 85 dyum (216 sm) bo‘lib, piksellar soni 7 680ga 4 320ni tashkil etadi. Suyuq kristalli displey IGZO texnologiyasi, ya’ni indiy, galliy va rux oksidi asosli yarimo‘tkazgichli materialdan tayyorlangan.

LV–85001ni sotib olish uchun 16 mln ien, taxminan 133 ming dollar to‘lash talab etiladi. Hozircha bunday mahsulotlar do‘konlarda sotilmaydi. Uni xarid qilish uchun Sharp kompaniyasi bo‘linmasi bo‘lmish V2V bilan individual etkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzish talab etiladi.

4K televizorlari uchun etarlicha videomahsulotlar tayyorlanmagan ayni kunlarda 8K televizorlarida uning imkoniyatlariga mos qanday tasvirlarni ko‘rish mumkinligi haqidagi savol hozircha javobsiz qolishi aniq. Biroq Yaponiyaning telekompaniyasi 8Kda ko‘rsatuvlar tayyorlashni sinovdan o‘tkazmoqda. Bunday formatidagi teledasturlar esa 2018 yildan efirga uzatish rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi ilk 8K televizorining narxi 133 ming dollar bo‘ladi