23:27 / 07.09.2017
6 229

Apple iPhone 8 displeyi uchun Samsung'ga 130 dollardan to‘lashga majbur

Apple iPhone 8 дисплейи учун Samsung'га 130 доллардан тўлашга мажбур
Amerikaning Apple korporatsiyasi OLED-ekranlar bozorida Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi monopoliyasiga duch keldi. Endi korporatsiya o‘zining asosiy raqibiga iPhone 8 displeyining har biri uchun 120-130 dollardan to‘lashiga to‘g‘ri keladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Samsung kompaniyasi OLED texnologiyasi uchun eng ko‘p patentga ega, deb yozadi appleinsider.com sayti KGI Securities tahlilchisi Min Chi Kuoning hisobotiga asoslanib.

iPhone 7 Plus uchun suyuq kristall ekranlarning o‘ziyoq Apple'ga 45-55 dollarga tushadi.

Bloomberg'da ta’kidlanishicha, amerikalik gadjet ishlab chiqaruvchisi kelgusida bu borada LG bilan hamkorlik qilishga umid qilmoqda. Biroq u kompaniya OLED-panellarni ishlab chiqarishga endigina kirishdi. Mutaxassislarga ko‘ra, Apple Samsung monopoliyasini 2019 yildan keyingina yengishi mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone 8 displeyi uchun Samsung'ga 130 dollardan to‘lashga majbur