01:13 / 13.09.2017
4 346

Apple TV 4K pristavkasi rasman taqdim qilindi

Apple TV 4K pristavkasi rasman taqdim qilindi

Soatdan so‘ng Apple TV 4K pristavkasi rasman namoyish qilindi! Sahnada bu ishlanmaga mas’ul Eddi Kyu chiqib keldi. Pristaka nafaqat 4K, balki 4K HDR, ya’ni tasvir uzatishning HDR 10 standartidan ham sifatliroq texnologiyani qo‘llab-quvvatlar ekan.

Endi 4K sig‘imli filmlar ham HD filmlar narxida bo‘ladi. Avvalgi HD sifatidagi kinolarni esa bepul yuklab olish mumkin. Pristavka AQSh va sanoqli mamlakatda kuzda, jahon bozoriga esa yil oxirida sotuvga chiqariladi.

Eddining ma’lum qilishicha, endi sportga oid kontentlarni ham bu gadjetda ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yangi gadjetning o‘yin imkoniyatlarini namoyish qilish uchun sahnaga thatgamecompany o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniyaning rahbari Jen Chen chiqib keldi.

Ekranda "This is Sky" o‘yinining demo-talqini namoyish qilindi va uni o‘ynash uchun pultni bir qo‘lda ham boshqarishmumkin. Yangi chip o‘yindagi eng nozik rangli grafikalarni ham salohiyat bilan qayta ishlaydi.


Manba: Terabayt.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)