date

O‘zbekiston telefon tarmoqlarini raqamlashtirish uchun 2,5 mlrd dollar sarfladi

O‘zbekiston telefon tarmoqlarini raqamlashtirish uchun 2,5 mlrd dollar sarfladi

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekiston barcha shaharlararo, xalqaro va mahalliy telefon stansiyalarini raqamlashtirish maqsadida umumiy qiymati 2,5 mlrd dollarni tashkil qiluvchi 40 dan ziyodroq loyihani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligidagi manba.

Bundan tashqari, shu davr ichida respublikadagi telekommunikasiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish maqsadida 60 ta investision loyiha amalga oshirildi. Bu orqali mavjud telefon stansiyalarni zamonaviy sharoitlarga moslashtirish ta’minlandi.

2007 yildan O‘zbekistonda WiMax telekommunikasion standarti rivojlana boshladi. Xitoy taraqqiyot banki va Huawei Technologies kompaniyasi videotelefoniya, ma’lumotlar bilan almashish va internetga keyingi avlod NGN tarmoqlari negizida ulanish xizmatlari ishga tushirildi.

O‘tgan vaqt davomida internetga ulanish kanallari 180 foizga kengaytirildi va 21,250 Mbit/s gacha etkazildi. Bu o‘z navbatida 2015 yilning boshidan operatorlar va provayderlarga taqdim qilinayotgan 1 Mbit/s tezlikli kanallarga narxlarni 20,2 foizga, ya’ni 206,97 dollargacha tushirish imkonini berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston telefon tarmoqlarini raqamlashtirish uchun 2,5 mlrd dollar sarfladi