12:40 / 15.09.2017
4 671

Lola Karimovaning Parij markazida yangi loyihasi namoyishi barchani hayratga soldi

Lola Karimovaning Parij markazida yangi loyihasi namoyishi barchani hayratga soldi
Lola Karimova-Tillayeva Parijning tarixiy markazidagi Monnaie de Paris muzeyida bo‘lib o‘tayotgan AD INTERIEURS 2017 ko‘rgazmasi doirasida «Droplet» (Tomchi) nomli EKO ART loyihasini namoyish etdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Loyiha suv resurslarini asrash hamda iqlim o‘zgarishining halokatli oqibatlaridan jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan.

Rassom Markos Lyutens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-ob’ekt tomchi ko‘rinishidagi metall konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi.

«Jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildik. Binobarin, san’at insonlarga ilhom baxsh etib, ularni muayyan maqsad atrofida birlashtira oladi.

«Droplet» loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining yetishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining xavotiriga sherikligimizni bildiramiz», deb yozadi Lola Karimova-Tillayeva.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Lola Karimovaning Parij markazida yangi loyihasi namoyishi barchani hayratga soldi