date

«Izvestiya»: «VKontakte» o‘z mesenjerini ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda

«Izvestiya»: «VKontakte» o‘z mesenjerini ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda

Rossiyaning yirik «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i yangi protokol ustida ish olib bormoqda. Axborotlarni shifrlovchi ushbu protokol foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlar almashish tezligini oshirishga xizmat qilishi mo‘ljallangan.

Ishlar nihoyasiga etganidan so‘ng kompaniya o‘zining xususiy mesenjerini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi «Izvestiya».

Ma’lumotlarga ko‘ra, mesenjer mobil ilova ko‘rinishida iOs va Android operasion sistemalari, shuningdek, Windows va MacOS o‘rnatilgan kompyuterlar uchun taqdim etiladi.

“Haqiqatdan ham, biz ilovalarimiz tezligini oshirish va foydalanuvchilar ma’lumotlarining xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash uchun yangi mobil protokol ustida ish olib borayapmiz”, - deya xabar berdi ijtimoiy tarmoq operasion direktori Andrey Rogozov.

Ta’kidlanishicha, yangi protokol ham ijtimoiy tarmoqning ichida, ham alohida dastur ko‘rinishida taqdim etiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » «Izvestiya»: «VKontakte» o‘z mesenjerini ishga tushirishga hozirlik ko‘rmoqda