09:02 / 23.09.2017
5 751

Sukerberg Facebook’ning 75 mln tagacha aksiyasini sotishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi

Sukerberg Facebook’ning 75 mln tagacha aksiyasini sotishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi
Facebook asoschisi va egasi Mark Sukerberg yaqin 18 oy ichida kompaniyasining 35 mln tadan 75 mln tagacha aksiyasini sotishni rejalashtirmoqda. U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Sukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan olingan pullarni turli xayriya loyihalariga sarflashmoqchi.

"Biz ishimizni tezlashtirib, o‘z aksiyalarimizni ertaroq sotmoqchimiz. Biz yaqin 18 oy ichida 35 mln tadan 75 mln tagacha aksiyamizni ta’lim, fan va huquqshunoslik sohasidagi ishimizni qo‘llab-quvvatlash uchun sotishimizga umid qilmoqdaman", deb aytgan Sukerberg.

Uning ta’kidlashicha, boshidan Facebook’ning bosh g‘oyasi "ijtimoiy missiyani bajarish" bo‘lgan. "Biz Prissilla bilan barcha kasalliklarni davolash va har bir o‘quvchi uchun ta’limni personallashtirish kabi global muammolarni hal qilishda ishtirok etish majburiyatiga egamiz", deb aytgan Sukerberg.

Shu bilan birga Sukerberg kompaniya ustidan nazoratni kamida yana 20 yil davomida saqlab qolishni istamoqda.

2015 yil dekabrda Sukerberg va Prissilla Chan o‘zlarining endigina dunyoga kelgan qizchalariga atalgan maktub-murojaatni chop etishgandi va unda Facebook’dagi 99 foiz aksiyalarini xayriya maqsadlariga ajratishga va’da berishgandi.

"Biz Facebook’dagi 99 foiz aksiyamizni – bu esa hozirgi kunda 45 mlrd dollarni tashkil qiladi – kelgusi avlod uchun bu dunyoni yaxshilashda ko‘plab odamlarga qo‘shilish maqsadida butun hayotimiz davomida beramiz", deyilgandi maktubda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sukerberg Facebook’ning 75 mln tagacha aksiyasini sotishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi