6 075
Xitoyda yaratilgan robot-stomatolog o‘zi mustaqil ravishda ilk operatsiyani o‘tkazdi (video)
Xitoylik ixtirochilar tomondan yaratilgan robot-stomatolog ishlashni boshladi va hattoki o‘zi mustaqil ravishda ilk operatsiyani o‘tkazdi. Robot bemorga yangi tishlar qo‘ydi, deb yozadi Kun nashri.
Robot uchun dasturiy ta’minot va robotning o‘zini yaratish ustida 5 yil ishlandi, chunki barcha ehtimoliy xatoliklar yuz berishini istisno qilish kerak edi, axir bunda bemorning hayoti va sog‘lig‘i garovga qo‘yilgan. Robot o‘ziga qo‘yilgan vazifani ajoyib tarzda uddalab, yangi implantantlari bor-yo‘g‘i 0,2 mm ga og‘ishgan holda qo‘ydi. Qisqasini aytganda, u vazifani o‘zining "jonli" hamkasblaridan hech ham kam bo‘lmagan darajada uddaladi.
Robotning ishlashi jarayonini malakali jarrohlar va boshqa tibbiyot xodimlari kuzatib borishdi. Biroq robotga ularning yordami kerak bo‘lmadi. Bor-yo‘g‘i bir soatdan keyin Sian shahrida yashovchi fuqaro yangi tishlarini ko‘z-ko‘z qila oldi.
Xitoyda stomatologlar xizmatiga ehtiyojmand odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, biroq hammaga ham mutaxassislar yetmaydi. Hozirda tishlar 3D-printerda bosilayotganiga qaramay, stomatolog huzuriga kirish uchun baribir uzun navbatlar kutishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday robotlar esa bu muammoni qisman bo‘lsa-da hal qilishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot