iPhone’ning yangi modellari 3 kun ichida rekord darajada sotildi

Yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus modellarining sotilish darajasi 3 kun ichida barcha rekordlarni yangilab, 13 mln donaga etdi. Sotuvlar 25 sentyabr kuni boshlangan edi.
Apple bayonotida ta’kidlanishicha, yangi modellar 9 oktyabrdan 40 mamlakatda sotuvga chiqariladi. Bular qatorida Rossiya, Italiya, Meksika, Ispaniya va Tayvan bo‘ladi.
Hindiston, Malayziya va Turkiya bozorlariga ular 16 oktyabrdan chiqariladi.
Yil so‘ngiga qadar telefonlar 130dan ortiq davlatda sotila boshlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing