date

Beeline Club va Coffee Milk Facebook tarmog‘idagi tanlov natijalarini e’lon qildilar

Beeline Club va Coffee Milk Facebook tarmog‘idagi tanlov natijalarini e’lon qildilar

Beeline Club Coffee Milk restorani bilan hamkorlikda Beeline Club sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov natijalarini e’lon qildi. Tanlov natijalariga ko‘ra Karina Tashimbekova g‘olib bo‘ldi va mazkur qahvaxonada nonushta qilish uchun 150 000 sshmlik vaucherni qo‘lga kiritdi.

G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalar skrinshoti www.facebook.com/beelineclub sahifasida chop etildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Men Coffee Milk‘ni tanlayman!” deb yozish lozim edi.

Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline Club va Coffee Milk Facebook tarmog‘idagi tanlov natijalarini e’lon qildilar