YouTube reklama e’lonlarida “sotib olish” tugmachasini o‘rnatadi

Google kompaniyasi YouTube`da mahsulotni sotib olishga o‘tish imkoni mavjud reklamalarni namoyish etdi. Bu haqda kompaniya o‘z blogida ma’lum qildi.
Mazkur vazifaning ishlash tamoyilini kompaniya tasvirlar orqali ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra, dastlab ekranning pastki o‘ng burchagida axborot belgichasi («i») va mahsulot haqidagi asosiy ko‘rsatkichlar paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi uning ustida bosish amalini bajarsa, narxi yozilgan mahsulot tasviri va reklama beruvchining saytiga havola qilingan “sotib olish” tugmachasi paydo bo‘ladi.
Sotib olish vazifasi mavjud bo‘lmagan mahsulot “kartochkalari”ni esa kompaniya 2015 yilning 21 mayida namoyish qilgan edi.
Kompaniya xabarida keltirilishicha, mazkur ikki vazifa — “kartochka” va “sotib olish” tugmachasi e’lonlarni sotib olish uchun yanada qulaylashtiradi.
YouTube vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda platformada videolarni tomosha qilishlar soni 40 foizga oshgan.
“Sotib olish” tugmachasi ayni paytda Instagram, Facebook, Pinterest va Twitter singari ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda ham mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing