date

Anton Chazov O‘zbekistondagi Beelinening komplaens xizmatiga boshchilik qiladi

Anton Chazov O‘zbekistondagi Beelinening komplaens xizmatiga boshchilik qiladi

Toshkent, Zamin.uz - Eng yirik aloqa operatori Beeline Anton Chazov komplaens bo‘yicha rahbar lavozimiga tayinlanganligi haqida xabar beradi. Bu lavozimda Anton kompaniya tartiblarini takomillashtirish, shuningdek mavjud qonunchilikga rioya qilish va ishbilarmonlik obro‘sini qo‘riqlash masalalarini nazorat qiladi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Beeline O‘zbekistonda doimo korporativ menejmentning yuqori darajasi, axborotning ochiq-oydinligi va hamkorlar bilan vijdonli o‘zaro munosabatlar bilan ajralib turar edi – bu esa respublikaning jo‘shqin rivojlanayotgan bozori va vaqt talablariga ko‘ra ochiq-oydinlik tarafiga qo‘yilgan yana bir qadamdir. Ishonaman, Antonning davlat xizmatida va yirik halqaro tashkilotlarda orttirgan malakasi biznes olib borishning oldi standartlariga muvaffaqiyatli o‘tishga yordam berishiga ishonaman”.

Komplaens bo‘yicha rahbarlik lavozimida Anton Chazov VimpelCom Ltd komplaens-strategiyasini kompaniya tartiblariga qo‘llashni amalga oshiradi, shuningdek ishbilarmonlik etikasi va Beeline kontragentlari va xodimlari orasida ahloq-tarbiya prinsiplariga rioya qilinishni nazorat qiladi.

“Ko‘p hollarda komplaens masalalariga katta e’tibor qaratgan ko‘p kompaniyalar, korporativ etika va poraxo‘rlikga qarshi kurash sohasida yuqori darajadagi mas’uliyatni qabul qiladilar. Ushbu yo‘nalishlarning muhimlik darajasini ko‘tarib, bizning hamkorlarimiz ham shu yo‘lni tanlashlariga umid qilamiz – chunki komplaens nafaqat biznes-jarayonlarning ochiq-oydinligi va samaradorligiga, balki umumiy bozordagi ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishga qaratilgan. Natijada, obro‘ – bu kompaniyaning asosiy nomoddiy aktivlaridan biridir, va uni saqlab qolish esa mening kelgusidagi muhim- vazifalarimdan biri deb hisoblayman”, – deydi Anton Chazov.

2000 yilda Anton Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasinig Sankt-Peterburg yuridik institutida oliy ma’lumotli bo‘lib, u erda keyinchalik aspiranturani tamomlagan. 1997 yildan 2000 yilga qadar Anton Chazov Sankt-Peterburgning Petrodvorsovыy tumani prokuraturasining tergovchisi bo‘lib ishlagan. Keyin 2003 yilga qadar Amerika yuristlar Assosiasiyasiga (ABA/ROLI) o‘tgan, u erda 10 yil ichida yuristdan Moskva filialining direktori o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarildi.

2013 yildan 2014 yilga qadar Anton “Jonsons&Jonsons” MChJda biznesni etika tomonidan yuritish bo‘yicha mutaxassis lavozimini egallab, halqaro, chet el va Rossiya antikorrupsion qonunchiligi talablari kompaniya xodimlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Anton Chazov O‘zbekistondagi Beelinening komplaens xizmatiga boshchilik qiladi