Moskvaning Meshanskiy tumani 383-sud uchastkasidagi Xalqaro sud Telegram Messenger LLP (London)ni FXXning foydalanuvchilar xabarlarini dekodlash uchun ma’lumot taqdim etish so‘rovini ijro etishdan bosh tortgani uchun 800 ming rublga jarimaga tortildi. "Interfaks" shu haqida xabar berdi.
Sudyaning aniqlik kiritishicha, undiriladigan jarima Moskva shahri byudjetiga yo‘naltiriladi. Sud qarorida shuningdek ayblanuvchiga sud qarorini bajarmaslik uchun javobgarlik va Moskva Meshanskiy sudida unga qarshi chiqish imkoni haqida izoh beriladi.
Ma’muriy ish bo‘yicha sudda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 12 iyulida FXX Telegram'ning Londondagi idorasiga 16 iyul sanasiga qadar olti telefon raqami bo‘yicha ma’lumot taqdim etish zarurati to‘g‘risida so‘rov yo‘llagan. Telegram esa bunga javob qaytarmagan.
Shundan so‘ng, 31 avgustda FXX messenjer rahbariyatini ma’lumot saqlash, ijro etish va yetkazish to‘g‘risidagi federal qonunni bajarmaganlik uchun ma’muriy qonunbuzarlikka doir protokol tuzish rejasidan boxabar qilgan va 14 sentyabr kuni shunday qilingan.
Dushanba kuni sudya Danilchik Telegram'ni 13.31-moddaning 2.1-bandida ko‘zda tutilgan qonunbuzarlikda aybdor deb tan olgan.
Ta’kidlash joizki, Sud majlisi Telegram vakillari ishtirokisiz o‘tgan.
Bundan avval Telegram asoschisi Pavel Durov kompaniyaga bosim o‘tkazuvchi mamlakatlarda biznesni to‘xtatishga tayyorligi haqida ma’lum qilgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi