Evrokomissiya Samsung`ni tovlamachilikda ayblashi mumkin

Evropa komissiyasi sinov laboratoriyasining Samsung televizorlarida yolg‘on ma’lumotlar beruvchi qurilmalardan foydalanilgani to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Guardian'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Dastlabki ariza Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiruvchi ComplianTV sinov laboratoriyasidan kelib tushdi.
Laboratoriya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, motion lighting texnologiyasi laborator sinovlar vaqtida kompaniya televizorlarida qurilmaning ekran yorug‘ligi pasayib, energiya sarfi kamayganini ko‘rsatdi. Haqiqatda esa televizorlar ikki barobar ko‘proq energiya sarflagan.
Samsung mazkur ayblovni allaqachon inkor qildi. Janubiy Koreya kompaniyasi vakilining ta’kidlashicha, motion lighting texnologiyasi faqatgina ekran yorug‘ligini kamaytirishga mo‘ljallangan.
Agarda Evrokomissiya tovlamachilik holatlarini isbotlasa, Samsung kompaniyasiga yirik miqdordagi jarima xavf soladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing