MIT.uz - Milliy internet tanlovining g‘oliblar nomi e’lon qilindi

MIT.uz - Milliy internet tanlovining g‘oliblar nomi e’lon qilindi
MIT.uz - Milliy internet tanlovining g‘oliblar nomi e’lon qilindi

6 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Turkuston saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan “MIT.uz” III milliy internet tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Milliy internet tanlovida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 800 dan ortiq sayt yaratuvchilari va ishlab chiqaruvchilar 10 ta asosiy va 6 ta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishdi.

Shuni sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimiz, Zamin.uz sayti “Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominatsiyasida faxrli 2 o‘rinni egalladi.

Asosiy nominatsiya va qo‘shimcha nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar bilan tanishing.

Asosiy nominatsiyalar bilan tanishing:
  • O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt
  • Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt
  • O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt
  • Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt
  • Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt
  • Eng yaxshi yangiliklar sayti
  • Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt
  • Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt
  • Davlat tilidagi eng yaxshi sayt

Qo‘shimcha nominatsiyalar:
  • Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt
  • Sport sohasidagi eng yaxshi sayt
  • Eng yaxshi shaxsiy blog
  • Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt
  • Eng yaxshi sayt dizayni

G‘oliblar ro‘yhati bilan shu yerdan tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar