“Beeline Club” va “Taxi WiFi” Facebook‘da tanlov boshlashdi

“Beeline Club” o‘z hamkori “Taxi WiFi” taksi xizmati bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Club” sahifasida sovrinli tanlovni e’lon qildi.
G‘olib Taxi WiFi xizmatidan Toshkent shahri hududida foydalanish uchun 100 000 so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritadi. Tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club va Coffee Milk sahifalariga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “G‘olib bo‘lishni istayman!” deb yozish lozim. G‘oliblar ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti https://www.facebook.com/beelineclub sahifasida 16 oktyabr kuni chop etiladi.
Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin. Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.
Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing