date

Beeline va ICTNEWS jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l-2015” tanlovini o‘tkazishmoqda

Beeline va ICTNEWS jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l-2015” tanlovini o‘tkazishmoqda

Beeline va ICTNEWS tahririyati “Aloqada bo‘l!” nomli telekommunikasiya va IT sohasiga oid eng yaxshi jurnalistik ishi tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda bosma va onlayn-OAV, shuningdek radio va TV vakillari bo‘lgan jurnalistlar ishtirok etishlari mumkin.

2015 yil 9 oktyabrdan 15 dekabr kuniga qadar (shu kun ham kiradi) nashr etilgan yoki efirga chiqgan istalgan janrdagi mualliflik ishlari muhokamaga qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun pr@beeline.uz elektron manziliga ““Aloqada bo‘l!” tanlovi” belgisi bilan ariza yuborish lozim. Muallifning FISh va uning taxalluslari, ish joyi, kontakt telefonlari va tanlov ishining nashr qilingan sanasi (bosma OAV), efirga chiqgan sanasi (radio/TV) yoki internet-OAVda nashr etilgan maqolaga havola ko‘rsatilgan holda maktub yuborish lozim.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “To‘rt yildan beri biz markaziy hamda hududiy OAVni telekom-industriyani yoritish va ushbu segmentda innovasiyalarni rivojlantirishga jalb qilish uchun “Aloqada bo‘l” tanlovini o‘tkazmoqdamiz. O‘tgan yillari biz ushbu tanlovdga bo‘lgan qiziqish faqatgina soha jurnalistlarida emasliqini guvohi bo‘ldik. Bu turli formatli OAVni jamoatchilik uchun AKT mavzusidagi qiziqarli professional nashrlari bilan axborot maydonini boyitishga tayyorliklarini ko‘rsatadi. Tanlomizda hamkasblarimizga omad tilaymiz!”

Tanlov g‘oliblari diplomlar va quyidagi qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadilar:

• I o‘rin – Samsung Galaxy Note 10.1 plansheti

• II o‘rin – Samsung Galaxy S III Mini smartfoni

• III o‘rin – UZTE Grand V7 smartfoni

Tanlov ishlarini telekom sohasining obro‘li ekspertlari, jurnalistlar va blogerlardan iborat jyuri baholaydi. “Aloqada bo‘l!” loyihasining yakunlari 2015 yil dekabr oyida sarhisob qilinadi.

Batafsil ma’lumot www.ictnews.com saytida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Beeline va ICTNEWS jurnalistlar uchun “Aloqada bo‘l-2015” tanlovini o‘tkazishmoqda