date

Apple kompaniyasining xodimi 997 ming dollar miqdoridagi firibgarlik bilan qo‘lga tushdi

Apple kompaniyasining xodimi 997 ming dollar miqdoridagi firibgarlik bilan qo‘lga tushdi

Apple Store’ning 24 yoshli xodimi Ruben Profit bir qator jinoyatlarni sodir etishda, jumladan Apple’ning 997 ming dollarlik sovg‘a kartalarini noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritishda ayblanmoqda. Bu haqda «Hi-Tech Mail.ru»ga asoslanib Daryo.uz xabar berdi.

Profit kartochkalarning belgilangan narxi 2000 dollar bo‘lgani holda, ularni ancha arzon narxda – 200 dollardan qayta pullagan. U faol harakat qilgan va barcha firibgarliklarni avgustdan oktyabrga qadar amalga oshirgan.

Yigit Apple kartalarini sotib olish uchun dastlab bank kredit va debet kartalarini qayta kodlab, so‘ngra ular yordamida to‘lovlarni amalga oshirgan. Biroq kartalarning haqiqiy egalari mablag‘larni qaytarishni rasmiylashtira boshlagan.

Profit qo‘lga olinganda, uning yonidan har biri 2000 dollarlik ettita sovg‘a kartasi, shuningdek, 51 ta Visa va American Express bank kartasi topildi. Bu jinoyati uchun unga 15 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple kompaniyasining xodimi 997 ming dollar miqdoridagi firibgarlik bilan qo‘lga tushdi